Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:






Qo‘qon shahar hokimi mutasaddilar bilan Xudoyorxon O‘rdasi kirish qismi va O‘rda maydoni qoplamasini qadimiy uslubda yangilash, ishlatiladigan qurilish materiallari, ularni shahrimizda ishlab chiqarish yoki mamlakatimizning boshqa hududlaridan keltirish masalalarini muhokama etdi. Arxitektor, qurilish sohasi mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida keng ma’noda shahrimizdagi tarixiy maskanlarni asl ko‘rinishga keltirish, turizm xablarini tashkil etish, arxitektura, qurilish va dizayn masalalariga ham e’tibor qaratildi. "Tarixiy maskanlarimiz mahalliy va xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etadigan darajada, atrofidagi turizm infratuzilmasi bilan loyihalashtirilishi lozim", dedi shu jumladan Qo‘qon shahar hokimi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Sichqoncha bilan belgilab