Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
O‘zbekiston tumanida “Bir yurak-bir jamiyat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Yaypan shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkillangan tadbirda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov boshchiligidagi rahbarlar, keng jamoatchilik, turli millat va soha vakillari ishtirok etdi. Jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, tinchlik va do‘stlik muhitini hamda ko‘p millatli katta yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni ezgulik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan kechada ana shu oliy qadriyatlar ulug‘landi. Tadbir davomidagi turli xayrli loyihalardan dillar quvonchga to‘ldi. Xususan, “Qo‘lma-qo‘l kitob” aksiyasida tuman rahbarlari tomonidan hamyurtlarimizga kitoblar ulashildi. Xushovoz san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar, badiiy dasturlar barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Madaniyat xalq ichiga kirib bormoqda!