Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1632025-07-15 23:54

Tuman hokimi maktabda yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi samaradorligi bilan tanishdi

O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov bugun 2025-2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini borishi bilan tanishish va mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish, shuningdek “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar samaradorligini o‘rganish maqsadida “Sho‘rqishloq” mahallasidagi 5-umumta’lim maktabida bo‘ldi. Jarayonlarda yangi o‘quv yilida 380 nafardan ziyod o‘quvchi tahsil oladigan bilim maskanida yaratilgan shart-sharoitlar, yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan hozirlik, obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Yoshlarni sifatli ta’lim olishlarida ular uchun yaratilgan munosib sharoitlar muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan tuman rahbari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlarini jadallashtish, kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan yana bir qator muhim vazifalarni mutasaddilarga yukladi. Mas’ullar bilan suhbatda dargohda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkillanayotgan turli tadbirlar, to‘garaklar va sport musobaqalarining borishi haqida fikr almashildi. O‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbirlarni ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan ham qo‘shimcha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz