Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
2025-2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Axmad Yassaviy ko‘chasidan Qulibek MFYga keltiruvchi D-219 mm. li yer osti yuqori bosimli gaz quvurda zichlikka sinash va havo yordamida tozalash ishlari bajarilishi munosabati bilan Turkiston MFY Tinchlik ko‘chasida, U.Yusupov ko‘chasi (bir qismida), Oqtepa MFY Maxsudova va Charmak ko‘chalarida, shuningdek Qulibek MFY Qulibek qishlog‘ida yashovchi aholi xonadonlari va ulgurji iste’molchilarga ertaga, 2025 yil 16 iyul kuni soat 09:00 dan ta’mirlash sinash ishlari yakunlangunga qadar tabiiy gaz berish vaqtincha to‘xtatiladi. Hurmatli iste’molchilar! Ogoh bo‘lib, gazni o‘chirish va yoqishda tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilishingizni eslatgan holda, keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. “Hududgaz Farg‘ona” GTF “O‘zbekistontumangaz” bo‘limi Murojaat uchun telefon: ☎️ (73) 539-19-46, (73) 539-10-04
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Madaniyat xalq ichiga kirib bormoqda!