Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Ishtirokchilar press-tur davomida tumandagi “Nurafshon” mahallasi hududidagi sanoatchilar mavzesida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu mavzeda 6 ta 294 xonadonli uy-joy qurish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda “Baxodir Muhammad Tursin” xususiy korxonasi va “Marg‘ilon qurilish montaj invest” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Press-turdan so‘ng tadbir ishtirokchilari uchun tuman hokimligida “Tomorqadan samarali foydalanish, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Matbuot tadbiri tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i A.Yunusov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Anjuman davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javoblar olishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qo‘qon shahar hokimi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi