Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
2024-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida sportning para shashka turi bo‘yicha o'tkazilgan musobaqada Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar Madaniyat mahallasida istiqomat qiluvchi Ismoiljon Ismoilov faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bu esa unga o'z mahallasida zamonaviy universal sport maydonchasi bunyod etilish imkoniyatini yaratdi. Bugun ushbu mahallada barpo etilgan zamonaviy universal sport maydonchasi tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. Tadbirda Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov, mahalliy hokimlik vakillari, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda faol jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yosh sportchilarga ezgu tilaklarini bildirishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Xalq manfaatlarini himoya qilamiz!
Qo‘qon shahar hokimi fuqarolarni qabul qildi
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Sizni o‘zimiz parvarish qilamiz!
Sichqoncha bilan belgilab