Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Farg‘ona shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda shahar hokimi ishtirok etib, fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Yangi biznes boshlash, yer ajratish, imtiyozli kredit va subsidiya olish masalalari bo‘yicha jami 20 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Ba’zi murojaatlar joyning o‘zida ijobiy hal etildi, qolganlari esa tegishli tashkilotlar zimmasiga ijro uchun topshirildi. Sayyor qabullar orqali hokimiyat va tadbirkor o‘rtasidagi bevosita aloqalar kuchaymoqda. Bu esa muammolarni joyida aniqlash va yechim topishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Yangi Qo‘qon mavzesi qurilishi
Qo‘qon shahar hokimi Prezident Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi
O‘rda maydonini yanada obod etamiz!
Qo‘qon shahrida mahallalar yettiligi faoliyati o‘rganilmoqda