Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Bugun tuman madaniyat markazida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasining a'zosi Zokirjon Zohidov ishtirok etgan mazkur sayyor qabulda fuqarolar murojaati o'rganildi. Mazkur qabulda tuman hokimi o'rinbosarlari, mahallalar yettiligi, korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi. Har bir murojaat tuman hokimi va Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati tomonidan o'rganilib, ijro uchun tegishli mutasaddi idoralar rahbarlariga yo'naltirildi. Sayyor qabul oxirida tuman Kengashi deputatlari va mahallalar yettiligi bilan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashi deputati Subhonali Nishonov ham ishtirok etdi. Davra suhbatida deputatlarning faoliyati bo'yicha ijobiy fikrlar bildirilib, xalq muammolari va kamchiliklarini hal etish, aholi murojaatlari bilan ishlashni yanada kuchaytirish, Vatan obodligi va taraqqiyoti yo'lida jipslashish, islohotlar jarayonida ishtirokchi bo'lish lozimligi qayd etildi. Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati va viloyat Kengashi deputati tomonidan ushbu ezgu ishlarni amalga oshirishda birdam bo'lib faoliyat olib borish davr va zamon talabi ekanligi alohida ta'kidlandi va kelgusidagi ishlarni samarali davom ettirishga doir rejalar va “Yo'l xarita”lari asosida ish olib borishga doir kelishib olindi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qo‘qon shahar hokimi Prezident Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi
Prezident tashabbuslari hayotimizda!
O‘zimizni kuylarimiz boshqacha!