Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, sportga qiziqishini oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Quvasoy shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari izchil davom etmoqda. Shu doirada “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun voleybol sport turi bo‘yicha 16–21 hamda 22–30 yosh toifasidagi mahalla yoshlari o‘rtasida besh bosqichli musoboqaning shahar bosqichi o‘tkazildi. Musobaqaning shahar bosqichida Quvasoy shahar hududidagi 4 ta sektor vakillaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi. Bellashuvlar yuksak sport ruhi, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat asosida o‘tdi. Tadbirda shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i D.Asqarov, shahar hokimi o‘rinbosari A.Mamajonov, Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari, sport maktablari mutasaddilari, yoshlar yetakchilari hamda sektor bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 16–21 yosh toifasi bo‘yicha “Yuqori Valik” MFY jamoasi, 22–30 yosh toifasi bo‘yicha esa “Pastki Valik” MFY jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Quva tumanida “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Quva tumani delegasiyasining Xitoyga amaliy tashrifi davom etmoqda
Hududlarda targ‘ibot tadbirlari va uchrashuvlar davom etmoqda