Qo‘qon shahar hokimligining faollar zalida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali marosim o‘tkazildi. Shahrimiz sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Muhtaram Yurtboshimizning bayram munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirib, ishtirokchilarni kasb bayrami bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Aholi salomatligini saqlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki bilan hamkasabalariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator shahrimiz sog‘liqni saqlash va sanitariya epidemiologiya muassasalari xodimlari Qo‘qon shahar hokimligining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
«Pandemiya davrida ko‘rsatgan qaxramonliklaringiz, fidokorona mehnatlaringiz uchun barcha hamshaharlarimiz nomidan chuqur minnatdorchilik izhor etaman», dedi shahar hokimi.