Wed. Apr 17th, 2024

Shahar hokimligining Faollar zalida Qo‘qon shahrida sodir bo‘layotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni sabablarini aniqlash, muhokama qilish va oldini olishga qaratilgan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Shahrimizning ta’lim muassasalari, mahallalari, huquq-tartibot idoralari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishni Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov olib bordi.

Shahar hokimi sodir bo‘lgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari haqida so‘zlar ekan, ayrim xollarda profilaktika ishlari, ta’siri nuqtai nazaridan, nihoyasiga yetkazilmagani, balki o‘zidan soqit qilish maqsadida o‘tkazilgani yaqqol ko‘rinib turganini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilishda o‘tgan davrda shahrimizda sodir bo‘lgan jinoyatlarga sabab bo‘lgan omillar, huquq-tartibot idoralari, mahallalar faoliyati tahlil etildi. O‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan, jinoyatchilikka yo‘l qo‘yib bergan mutasaddilarga choralar ko‘rildi.

Jinoyatchilikni oldini olish borasida shahar prokurori Jahongir Fozilov, shahar IIO FMB boshlig‘i Ilhomjon Sotvoldievlarning ham takliflari tinglandi.