Fri. Mar 29th, 2024

Aziz hamshaharlar! Barchangizni ertaga 8 – oktyabr’ kuni o‘tkaziladigan “Save Aral” yugurish marafoniga taklif etamiz!

Orol daryosi va orolbui mintaqasi ekologik muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratish va aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib etishga bag‘ishlangan marafonda yoshidan qat’iy nazar barcha hamshaharlarimiz ishtirok etishi mumkin.

Marafon Qo‘qon shahri, Turon ko‘chasida soat 8:00 da boshlanadi, musobaqa g‘oliblarini qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun aloqa telefonlari:
91 200 01 31
90 506 44 49