Thu. Jul 25th, 2024

Ushbu maqsadda 7-bolalar musiqa maktabida tashkil etilgan tadbirda shahar IIO FMB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi mutasaddilari yoshlarga huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qo‘l urishning ayanchli oqibatlari xususida so‘zlab berdilar.

Uchrashuvda shahrimizda yoshlarga sovuq qurol sotishning oldini olish, davomatni ta’minlash yuzasidan ichki ishlar xodimlari va televidenie hamkorligida tayyorlangan video lavha namoyish etildi. Lavhada ko‘tarilgan mavzular yoshlar bilan atroflicha muhokama etilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar, ularning oldini olish yo‘llari haqida ma’lumot berildi.

Xususan, muhtaram Yurtboshimiz tomonida olg‘a surilgan, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan beshta muhim tashabbusi yoshlarni har tomonlama barkamol, yetuk inson qilib tarbiyalashda qanday ahamiyatga ega ekanligi hayotiy misollar yordamida ko‘rsatib berildi.