Saodat Tursunboeva, “Sharq Ayoli” xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi rahbari:
— Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot va texnologiyalar transferi tezkorlik bilan rivojlanmoqda. Bizning fondimiz bu yo‘nalishda ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda. Masalan, “Ayol va raqamli iqtisodiyot” loyihamizda xotin-qizlar elektron tijorat asoslariga, onlayn do‘konlar ochish va raqamli kasblarga o‘rgatilmoqda. Bu ayollarning uydan chiqmasdan ishlashiga imkon beradi.
Yangilanayotgan Konstitusiyada davlat qulay investisiya va ishbilarmonlik muhitini ta’minlamoqda, tadbirkorlar har qanday faoliyatni amalga oshirish, uning yo‘nalishlarini mustaqil tanlash huquqiga ega bo‘lmoqda. Bu oilalar farovonligini oshirish, texnologik rivojlanish uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Men bunga #befarqemasman!