Ijtimoiy himoya milliy agentligining eng ustuvor maqsadlaridan biri – nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotining barcha sohalarida faol bo‘lishlari uchun zarur imkoniyat va sharoitlar yaratishdan iborat.
Yaqinda Agentlik tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida Yangi yil shukuhini aks ettiruvchi rasmlar tanlovi e’lon qilingan edi.
Ushbu tanlovda Qo‘qon shahridan bir qator iste’dodli o‘quvchilar ham faol ishtirok etdilar.
Bugun, Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Jaxongir Mirzo Mirzayev hamda markaz xodimlari tanlov ishtirokchilari xonadonlariga tashrif buyurib, Agentlik direktorining Tashakkurnomasi hamda bayram sovg‘alarini topshirdilar.