Qo‘qon shahridagi maktablarda ko‘chma yarmarkalar tashkil etilmoqda. Ota-onalar va yoshlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida tashkil etilayotgan maktab formasi yarmarkalarida o‘quvchilar o‘zlari uchun mos kiyim tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Xususan, 33-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuzlab o‘quvchilar yagona maktab formasiga ega bo‘ldilar. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun maktab formasi bepul yetkazib berilmoqda.