Wed. Dec 6th, 2023

Qo‘qonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi

“Ahmad education” nodavlat maktabida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamovlar ham ishtirok etdilar.

Shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim sohasini rivojlantirish, yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Test imtixonlarida shahrimiz maktablaridan 32 ta jamoa ishtirok etdi.

Marufjon Usmonov xorijiy tillar bo‘yicha fan o‘qituvchilari bilan muloqot qilib, mavjud muammolar bilan qiziqdi. Sohada ta’lim samaradorligini oshirish uchun barcha sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanini bildirdi.