25 million so‘m tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilarga, 25 million so‘m ularning o‘qituvchilariga va 50 million so‘m yangi iqtidorlarni tarbiyalash, sinfxonalarni zamonaviy uslubda jixozlash kabi maqsadlar uchun maktab byudjetiga o‘tkazib beriladi.
Tanlovning shahar bosqichida shunday yuksak darajaga erishgan 4-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Prezident sovrinini topshirib, tanlov g‘oliblarini muborakbod etdi.
Iqtidorli o‘quvchilarning ota-onalari hamda o‘qituvchilariga Qo‘qon shahar hokimining Tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari ham topshirildi.
Shahar hokimi maktabda o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb va hunarlarga yo‘naltirish borasida qilinayotgan ishlar ko‘rgazmasi bilan tanishib, mavjud muammo-masalalarni o‘rgandi.