Sun. Apr 28th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi qoshidagi diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi tashabbusi bilan, Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tur doirasida mehmonlar Xudoyorxon O‘rdasi, Jome’ majmuasi va Norbutabiy masjidi kabi tarixiy obidalar bilan tanishdilar.

Farg‘ona viloyati hokimligi investitsiyalar sanoat va savdo kotibiyati mutasaddilari tomonidan tashrif obyektlari turizm infrastrukturasiga sarmoya kiritish imkoniyatlari, turizm sohasidagi salohiyati xususida ham ma’lumot berildi.