Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganishi davomida temirchilik va texnologiyalar sohasida iqtidorga ega fuqaro bilan muloqot qildi.

Doniyer Seliverstov temirdan mahsulotlar yasash, layfxak va ishlab chiqarish texnologiyalariga qiziqadi. Xonadonida turli mahsulot va uskunalarni o‘z qo‘li bilan yasagan. O‘tgan yili Toshkent mashinasozlik institutiga kirib, kontrakt asosida ta’lim olishni istamagan, joriy yilda davlat granti bo‘yicha o‘qishga kirishni rejalashtirmoqda.

Marufjon Usmonov yosh iqtidor egasining ehtiyojlari bilan qiziqib, ixtisoslashgan savdo do‘konidan 7ta turdagi ishlab chiqarish uskunalarini olib berdi.

Mashxo‘r pichoqchi usta Xasanjon Umarov bilan bamaslahat, subsidiya asosida bepul taqdim etilgan uskunalar fuqaroning iqtidorini yana-da rivojlantirish va doimiy daromad bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Endi barcha muammolaringizni shaxsan men bilan hal etasiz, telefonimni yozib oling”, dedi Marufjon Usmonov.