“Xonadonimni ta’mirlashda moddiy yordam so‘rayman”, Qo‘qon shahar hokimining qabulida murojaat qilgan Baxtiyorjon Muhammadievning murojaati qanoatlantirildi.
Bundan tashqari, sanoat bozorlarida sodir bo‘lgan yong‘indan jabr ko‘rgan fuqaroga qurilish materiallari bepul yetkazib beriladi. Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari Obidxon Jo‘raevga tegishli ko‘rsatmalar berildi.