Fri. Apr 19th, 2024

Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektor rahbarlari, shahar kengashi deputatlari, kun tartibilagi masalalarga aloqador idoralar, korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi asosiy masalalar – Qo‘qon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash va shu bilan bir qatorda fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta’minlash adolatli sudlovni tashkil etish borasida Qo‘qon shahrida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan IIB boshglig‘i va sudlar raislarining axborotlari tinglandi.

Sessiyada fuqarolar havfsizligi, majburiy to‘lovlarni o‘ndirish, idora, korxona-tashkilotlarning qonunchilik normalariga rioya etishi va amaliyotda qo‘llashi, ta’lim samaradorligini oshirish borasida qilinayotgan ishlar borasida ham bir qator mutasaddilarning axborotlari tinglanib deputatlar tomonidan keng muhokama etildi.

Shahar hokimi mutasaddilarga har bir sohada davlatimitz rahbari tomonidan, avvalambor fuqarolar manfaatlaridan kelib chiqib, “Inson qadri uchun” tamoyiliga rioya etgan holda faoliyat yuritish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Sessiyadan ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.