Mon. May 20th, 2024

Sessiyada “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori ijrosi yuzasidan sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, MFYlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili, hokim yordamchilari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati haqida Qo‘qon shahriagi Preziden Xalq qabulxonasi mudiri Hasanjon Sobirovning ma’lumoti deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Deputatlarga sessiyada Prezidentimizning “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida sektor raxbarlarining xisoboti ham o‘qib eshittirildi.

Shuningdek sessiyada hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda 2023 yil 1-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar IIB boshlig‘ining xisoboti taqdim etildi.

Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosarlarining xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida, Prezidentining “2022-2023 yillarda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘ycha hamda eksport xajmlarini oshirish, horijiy investisiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish hamda chet davlatlar bilan hududlararo hamkorlik samaradorligini oshirishga doir ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan keng muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.