Fri. May 24th, 2024

Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, deputatlar va kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirok etdilar.

 

Sessiyada Prezidentimizning “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

 

Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Nurulloxon Sultonov deputalarga shahrimizda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotini o‘qib eshittirdi.

 

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyaning hisoboti deputatlarning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi.

 

Sessiyada shuningdek Qo‘qon shahar mahalliy byudjetining 2022 yil 2-chorak ijrosi hamda 3-chorak taqsimoti to‘g‘risida Qo‘qon shahar moliya bo‘limi mudirining hisoboti tinglandi.

 

Shundan so‘ng Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil, 6 noyabrdagi (PF-6108) «O‘zbekistonning yangi rivojlanish davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, Qo‘qon shahridagi maktablarga direktorlikka nomzodlarning dasturlari ko‘rib chiqildi.

 

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan bir qator deputatlarning takliflari va fikr-mulohazalari tinglandi. Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.