Fri. May 24th, 2024

Sessiyada Qo‘qon shahar “Tibbiyot birlashmasi” boshlig‘i Komiljon Sirojiddinovning birlashmaning 2022 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi. Sog‘liqni saqlash muassasalari bilan bog‘liq bir necha masalalar qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Sessiyada shuningdek, Qo‘qon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga direktorlikka nomzodlarni tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi. Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va bir qator deputatlar sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Sessiyada ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.