Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, deputatlar, kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.
Sessiyada sog‘liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi holati yuzasidan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Komiljon Sirojiddinovning hisoboti deputatlar e’tiboriga havola etildi:
Hisobot muhokamasi davomida Komiljon Sirojiddinov aholidan Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy sahifalari va murojaatlar botiga kelib tushgan taklif va muammolar hamda deputatlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ham savollarga javob berdi.
Shuningdek, sessiyada Qo‘qon shahrini ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Jo‘rayevning hisoboti o‘qib eshittirildi.
Qo‘qon shahridagi geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash to‘g‘risida Qo‘qon shahar hokimining maslahatchisi Dilfuzaxon Alimovaning hisoboti ham tinglanib, deputatlar tomonidan muhokama etildi.
Sessiyada yana bir qator masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.