Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Tue. Sep 10th, 2024

Sessiya ishida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari rahbarlari, shahar kengashi deputatlari, sessiya kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona-tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyada Qo‘qon shahrining 2021 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Masala yuzasidan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovning hisoboti tinglandi.

Marufjon Usmonov 2020 yilda mahalliy byudjet daromadlar prognozi 95 783.5 mln. so‘m bo‘lib, haqiqatda 98 669.0 mln. so‘mga (103%) bajarilishi kutilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Qo‘qon shahar mahalliy byudjetida 2020 yilgi ijrosi davomida jami 3861,4 mln. so‘m qo‘shimcha manbalar shakllangan. Ushbu qo‘shimcha manbalar hisobidan Xalq deputatlari shahar kengashi roziligi hamda shahar hokimining Farmoyishlari asosida mablag‘lar:  

koronavirus pandemiyasi kirib kelishi va uning oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun 744.3 mln. so‘m;

shahardagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvatlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun 279.0 mln. so‘m;

ijtimoiy soha muassasalarini ta’mirlash va boshqa xarajatlari uchun 890.0 mln. so‘m;

Qo‘qon shahrida 2019 yilda va 2020 yilda o‘tkazilgan tadbirlardan hosil bo‘lgan qarzdorliklarni bartaraf etish xarajatlari uchun 1215.2 mln. so‘m;

boshqa ko‘zda tutilmagan tadbirlar uchun 732.5 mln. so‘m sarflangan”, dedi shahar hokimi.

Marufjon Usmonov 2021 yilgi mahalliy byudjet xarajatlariga to‘xtalib, maktabgacha ta’lim sohasiga 15 855,2 mln. so‘m, xalq ta’limi sohasiga 17 788,2 mln. so‘m, sog‘liqni saqlash sohasiga 119 330,9 mln. so‘m, madaniyat va sport xarajatlariga 5 598,9 mln. so‘m, davlat boshqaruvi organlari xarajatlariga 4963,2 mln. so‘m, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlariga 6 357,2 mln. so‘m, ijtimoiy ko‘nikma markazi xarajatlari uchun 360,2 mln. so‘m, veterinariya sohasi xarajatlari uchun 512,6 mln. so‘m, aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy nafaqa xarajatlari uchun 39 658.8 mln. so‘m mablag‘ rejalashtirilgani haqida ma’lumot berdi.

Sessiyada Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

“Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizni liberallashtirish va demokratiya tamoyillarini yanada chuqur singdirishga qaratilgan ushbu yangi tartib deputatlar faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolarini hal etishda yanada faol bo‘lishga xizmat qiladi”, dedi shahar hokimi.

Sessiyada 2020 yilda ta’lim va maorif sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilga rejalar xususida shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudirasi Dilfuzaxon Alimovaning, 2020 yilda Xotin-qizlar Kengashining 2020 yildagi faoliyati va 20212 yilga rejalar bo‘yicha Qo‘qon shahar hokimining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Lolaxon Nazirovalarning hisobotlari tinglandi.

Sessiyada ko‘tarilgan masalar yuzasidan bir qator deputatlar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Click to listen highlighted text!