Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Mon. Dec 9th, 2024

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 43-sessiyasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektor rahbarlari, deputatlar, kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

 

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘qon shahridagi xalq qabulxonasi mudiri Hasanjon Sobirovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori ijrosi yuzasidan sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati xususidagi ma’lumoti tinglandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 1-sektor rahbari, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovning hisoboti tinglandi.

 

Marufjon Usmonov sektor hududida ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar bilan tizimli ishlash, ijtimoiy muammolarini hal etish, doimiy daromad manbai bilan ta’minlash va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar xususida hisobot berdi.

 

Sessiyada barcha sektor rahbarlarining hududlarda olib borgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

 

2021 yilda Qo‘qon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda qonuniylikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamovning axboroti o‘qib eshittirildi.

 

Qo‘qon shahrida 2021 yil davomida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar IIO FMB  boshlig‘i, podpolkovnik Nurulloxon Sultonovning hisoboti tinglandi.

 

Ҳудудларда атроф муҳитни муҳофаза қилиш, табиий ресурслардан оқилона фойдаланиш, санитария ва экологик ҳолатни яхшилашни таъминлаш соҳасида амалга оширилаётган ишлар, кўрилаётган таъсирчан чора-тадбирлар ҳақида Фарғона вилояти экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш бошқармасининг Қўқон шаҳар инспекцияси бошлиғи в.б Шерзоджон Шерматовнинг ҳисоботи ўқиб эшиттирилди.

 

Related Post

Click to listen highlighted text!