Fri. Jun 14th, 2024

Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar kengashi deputatlari va kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirok etdilar.

Dastlab, sessiyada sektorlar rahbarlarining “Qo‘qon shahrini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hisobotlari deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Shundan so‘ng Qo‘qon shahrida kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida kommunal idoralari rahbarlari va Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosarlarining hisobotlari va oldinda turgan dolzarb masalalar yuzasildan takliflari o‘qib eshittirildi.

Sessida Qo‘qon shahrida “Mahalla yettiligi” tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarilishi holati va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida mas’ul idora-tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari ham havola etildi.

Ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.