Wed. Jun 26th, 2024

Xalqimizning sevimli hofizi, serqirra ijodkor Nazirjon Nazarovning qo‘shiqlari allaqachon o‘zbek san’atining oltin fondidan joy olgan. Ustozning badiiy ijod yo‘nalishidagi izlanishlari ham tildan tushmay kelmoqda.

Kuni kecha Nazirjon Nazarov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi. Qolaversa, ustoz bu yil  85 yoshni qarshi oldilar. Shu munosabat bilan Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi, Qo‘qon shahar hokimligi va bir guruh ijodkorlar ustozning xonadoniga tashrif buyurib, a’zolik guvohnomasini tantanali tarzda topshirish marosimida ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi