Fri. May 24th, 2024

Qo‘qon shahrida yashovchi, 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatni o‘tamagan fuqorolar Qo‘qon shahar Mudofaa ishlari bo‘limiga 2020 yilgi chaqiruv mavsumiga muddatli harbii xizmatga chaqiriladilar,

Chaqiriluvchilarni tanlab olish tadbirlari 2020 yilning 10 fevraliga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safini sog‘lom, bilimli va ma’naviy-axloqiy jihatdan muddatli harbiy xizmatni o‘tashga tayyor chaqiriluvchilar bilan butlash maqsadida Qo‘qon shahar Mudofaa ishlari bo‘limida chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, kasbiy tanlov va yakka tartibda suhbat o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Hurmatli chaqiriluvchilar! Sizlarni, Konstitusiyamizning 52-moddasida belgilangan, Vatanimiz oldidagi yigitlik burchingizni bajarishga chaqiramiz.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan barcha chaqiriluvchilardan Qo‘qon shahar Mudofaa ishlari bo‘limiga shaxsni tasdiqlovchi xujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Qo‘qon shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, Podpolkovnik Sarvarbek Xayrullaev