Sat. Apr 20th, 2024

Davlatimiz rahbarining “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qo‘qon shahrining «Turkiy dunyoning turizm poytaxti» maqomini olganligi munosabati bilan 2022-2023 yillarda amalga oshiriladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida 2023 yildan boshlab, har ikki yilda bir marotaba iyun’ oyining birinchi dekadasida Lavanda festivalini tashkil etish va o‘tkazish belgilangan.

Kuni kecha “Mexrigiyo” korxonasi hududida Farg‘ona viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi, Qo‘qon shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan madaniy tadbirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan mehmonlar ishtirok etdilar.