Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Jamshidjon Xatamov “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” yo‘l xaritasi ijrosini ta’minlash yuzasidan ishchi guruh a’zolariga yo‘riqnomalar berdi.
Xususan, yig‘ilishda mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, aholi va ayniqsa yoshlar muqaddas dinimizga yot bo‘lgan oqimlar va tashkilotlar girdobiga kirib qolishining oldini olish, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, xotin-qizlar bilan tizimli ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.