Sun. Apr 28th, 2024

2019-2020 yillarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yangi ish o‘rinlari yaratish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 52 ta loyihalar kiritilgan.

Ushbu loyihalarga jami 1 trln. 205 mlrd. 364 mln. so‘m (shundan 283 mlrd. 601 mln. so‘m bank krediti, 176 mlrd 866 mln. so‘m tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va 5 mln. 723 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy kredit, 84 mln. 024 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy investisiya) sarflanishi natijasida 1 597 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Jumladan:
Sanoat yo‘nalishida 28 ta loyihalarga jami 934 574 mln so‘m (shundan 222 390 mln so‘m bank krediti, 98 116 mln so‘m tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va 2 452 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy kredit, 71 524 ming xorijiy investisiya) sarflanishi natijasida 986 nafar yangi ish o‘rinlari;
Hizmat ko‘rsatish va servis sohasida 22 ta loyihalarga 256 286 mln so‘m (shundan 49 425 mln so‘m bank krediti, 76 800 mln. so‘m tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va 3 170 ming AQSh dollari xorijiy kredit, 12 500 ming xorijiy investisiya) sarflanishi natijasida 569 nafar yangi ish o‘rinlari;
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 2 ta loyihaga 14 574 mln so‘m (shundan 1 950 mln so‘m tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, 11 786 mln so‘m bank krediti 101 ming AQSh dollari) miqdorida xorijiy kredit sarflanishi natijasida 42 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

2019- yil yangi ish o‘rinlari yaratish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 41 ta loyihalar kiritilgan.
Ushbu loyihalarga jami 403 072 mln. so‘m (shundan 177 439 mln so‘m bank krediti, 140 516 mln so‘m tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va 5 723 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy kredit, 4 524 ming. AQSh dollar miqdorida xorijiy investisiya) sarflanishi natijasida 1226 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Sanoat yo‘nalishida 21 ta loyihalarga jami 214 962 mln so‘m (shundan 115 178 mln so‘m bank krediti, 66 716 mln so‘m tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va 2 452 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy kredit, 1 524 ming xorijiy investisiya) sarflanishi natijasida 654 nafar yangi ish o‘rinlari;
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 16 ta loyihalarga 124 636 mln so‘m (shundan 46 225 mln so‘m bank krediti, 52 100 mln so‘m tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va 3 170 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy kredit) sarflanishi natijasida 405 nafar yangi ish o‘rinlari;
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 2 ta loyihaga 14 574 mln so‘m (shundan 1 950 mln so‘m tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, 11 786 mln so‘m bank krediti 101 ming AQSh dollari) miqdorida xorijiy kredit sarflanishi natijasida 42 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunga qadar 30 ta loyixa ishga tushirilib, ushbu loyihalarga jami 213 278,2 mln. so‘m (shundan 103 802 mln so‘m bank krediti, horijiy kredit liniyasi orqali 634 ming AQSh dollari, 104 214 mln so‘m tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari 497 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi tashkil etildi.

Qo‘qon shahrida 2019- 2020 yillar davomida amalga oshiriladigan investisiya dasturiga kiritilgan loyixalar to‘g‘risida