Tue. May 14th, 2024

EKSPORT
Eksport dasturiga asosan 2019 yil uchun shahardagi hududiy eksportyor korxonalarga jami 6 mln. 95 ming AQSh dollarlik eksport prognozi belgilanib, shundan 3 mln. 500 ming AQSh dollari sanoat maxsulotlari va 2 mln. 595 ming AQSh dollari qishloq xo‘jalik maxsulotlari hisobiga to‘g‘ri keladi. Shahardagi jami 49 ta eksporter sub’ektlardan 39 tasi doimiy tarzda eksportni amalga oshirib, qolgan sub’ektlar faoliyatini eksport qilinayotgan maxsulotlari mavsum yakunlangani sababli vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan. Mazkur korxonalar bilan doimiy va tezkor muloqot o‘rnatilgan, jumladan yangi telegram gruppasi ochilib, tadbirkorlarning yuzaga kelgan muammolari o‘rganilmoqda va yangiliklarni tezkor almashish yuzasidan interaktiv muloqot yo‘lga qo‘yilgan.
2019 yil yakuni shahar eksport hajmi 5 054,1 ming AQSh dollarini tashkil etib, 82,9 %ga bajarilgan (2018 yilga nisbatan – 45,6%). Shuningdek, 2019 yil davomida xududda joylashgan (tarmoq va xudud korxonalari) barcha korxonalari tomonidan 114 mln 23 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan (2018 yilga nisbatan – 93,1%).
Qo‘qon shahrida 2020 yil 53 ta korxonalar orqali 129 mln 826 ming AQSh dollari qiymatida sanoat maxsulotlari eksport qilinishi rejalashtirilgan. 2020 yil 25 yanvar kuniga qadar 5 mln 847 ming AQSh dollari qiymatida sanoat maxsulotlar eksporti amalga oshirilgan.
INVESTISIYa
Qo‘qon shahar hududiga 2019 yil yanvar-dekabr oylaridan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar miqdori 29,7 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu jalb etilgan investisiyalar 19 ta tashkilot xisobiga to‘g‘ri kelib, investisiyalarni katta qismi asosiy kapitalini shakllantirish uchun olib kiritilgan, ya’ni 18,6 mln. AQSh dollari kiritilgan bo‘lib, shundan, asbob-uskunalar xisobi 14,8 mln. AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Qurilish ishlariga kiritilgan investisiya miqdori 3,8 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
“O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi №4067-sonli qarorga asosan, Qo‘qon shahriga Farg‘ona viloyati Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi tomonidan ko‘yilgan reja 20,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu reja 2 ta kiritilgan loyihaga, ya’ni “INDORAMA KOKAND FERTILIZERS” MChJ QK – 20 mln AQSh dollari, “HUAN UNION GROUP” MChJ QK – 487 ming AQSh dollari qiymatida kiritilishi lozimligiga asoslanib qo‘yilgan.

IMPORT
Qo‘qon shahrida 2019 yilda olib kirilgan jami import hajmi 145 287,1 ming AQSh dollarini tashkil etadi (2018 yilga nisbatan 102,8%). Import qilingan tovarlarning aksariyat qismi korxonalar tomonidan faoliyatini modernizasiya qilish maqsadida dastgoh, uskunalardan iborat, ya’ni 42,3 ming AQSh dollarini tashkil etadi (jami importga nisbatan 29,1%). Qo‘qon shahridagi yirik korxonalar 2019 yil 22,3 mln AQSh dollari qiymatida xom-ashyo import qilgan. Misol tariqasida, “Qo‘qon yog‘-moy” AJ – 3 085 ming AQSh dollari qiymatida kungaboqar urug‘i olib kirgan, “CITY FOOD TRADE” MChJ – 10643,3 ming AQSh dollari qiymatida Qozog‘iston davlatidan un ishlab chiqarish uchun sifati yuqori, kleykovina miqdori 100 gramiga 30-32 gramm to‘g‘ri keladigan bug‘doy olib kirgan.
2020 yilga importni 25% ga optimallashtirish vazifasi qo‘yilgan, ya’ni 2019 yilga nisbatan kiritiladigan import xajmi 116 mln AQSh dollaridan kam bo‘ladi.