Qo‘qon shahar patrul’ post hizmati batalyonida Payshanba-huquqbuzarlik va jinoyatlar profilaktikasi kuni munosabati bilan saflanish tadbiri o‘tkazildi.
Saflanish tadbirida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shahar IIO FMB boshlig‘i, polkovnik, Farxodjon Hasanov shahrimiz sektorlari kesimida profilaktika tadbirlari ishchi guruhlari a’zolari-huquqni muhofaza qilish organlari, mahalla, ta’lim muassasalari, deputatlar, sog‘liqni saqlash idoralari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda shahar hokimi Marufjon Usmonov jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar, notinch oilalar bilan manzilli ishlash, maktablarda davomatni nazorat qilish, aholining huquqiy ongini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbirlarini, sayyor sudlar tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
IIO FMB boshlig‘i, polkovnik, Farxodjon Hasanov shaxsiy tarkib xodimlarining e’tiborini profilaktika tadbirlarining natijadorligini ta’minlash masalalariga qaratdi.