Joriy yilning 11 dekabr kuni soat 8-30 da Qo‘qon shahar hokimligi faollar zalida xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkaziladi.
Sessiyada Qo‘qon shahar hokimining shahar Kengashi deputatlari va shahar faollariga Qo‘qon shahrining 2020 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari bo‘yicha hisoboti, shuningdek kelgusi yilgi rejalariga bag‘ishlangan “Aholiga murojaati” o‘qib eshittiriladi.
Sessiyaga deputatlar, shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar hokimligi guruh, bo‘lim rahbarlari, shahar tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladilar.