O‘quvchilarda notiqlik san’ati va sahna madaniyatini shakllantirish, ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish, ta’lim muassasalarida tashkil etilgan teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.
Qo‘qon shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan iqtidorli yoshlarning salohiyatini namoyon etish, 5 ta tashabbus doirasida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tib, ko‘rik-tanlov ishtirokchilarini qutladi.
Qo‘qon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10 ta jamoasi o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovdagi chiqishlarni Qo‘qon musiqali drama teatri, shahar madaniyat bo‘limi qoshidagi Xalq teatri rejissyorlari, shoir va dramaturglar, O‘zbekston San’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali o‘qituvchilaridan tashkil topgan xay’at baholab bordi.
Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Diplom va esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.