Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 15th, 2024

15-16 iyul’ kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya tashqi ishlar vaziri tashrifini Farg‘ona viloyatidan boshladi. Qo‘qon shahrida yuqori martabali mehmonga O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va boshqa rasmiylar hamrohlik qildilar.

 

Yuqori martabali mehmon tashrifini Qo‘qon universitetidan boshlab, bu yerda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Mevlyut Chavusho‘g‘li universitetda yosh ijodkorlar tomonidan ijro etilgan turkiy raqs, kuy va qo‘shiqlardan bahramand bo‘lib, yodnomaga o‘z taassurotlarini yozib qoldirdi.

 

Qo‘qon shahar hokimi Turkiya tashqi ishlar vazirini Xudoyorxon O‘rdasi va Jome’ majmuasiga taklif etib, Qo‘qon shahrining boy tarixi, madaniyati va hunarmandchiligi bilan tanishtirdi.

Click to listen highlighted text!