Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Chorchinor” mahallasida huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan katta miqdordagi kuchli ta’sir etuvchi moddalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yish bo‘yicha olib borilgan maxsus tadbir natijasida qo‘lga olingan fuqaro va Qo‘qon shahrida so‘nggi haftada sodir etilgan jinoyatlarni muhokama etib, fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.
Marufjon Usmonov kuchli ta’sir etuvchi dori vositlarning inson onggiga o‘tkazadigan salbiy ta’siri, yoshlarda o‘ziga tobelikni keltirib chiqarish xususiyati borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ma’lumot uchun: Tropikamid ko‘z kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan vosita bo‘lib, inson burniga tomizilganda kuchli narkotik ta’sirga ega. Aptekalarda sotilgani tufayli ko‘plab yoshlarning ruju’ qo‘yshiga sabab bo‘lmoqda. Aptekalarda vosita resept bilan sotilgani tufayli, uni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib, daromad orttirish istagida bo‘lgan shaxslar jinoyatga qo‘l urmoqda.