Sun. May 19th, 2024

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim Tashabbusning ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan. Shahrimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu tashabbusni hayotga keng tatbiq etish, kichkintoylarni har jihatdan yetuk qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilyapti.

2-sonli bolalar va o‘smirlar sport majmuasida Qo‘qon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 26-hamda 50-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Bahodirlar” va “Temurbeklar” jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Temurbek izdoshlari” sport musobaqasi ham ana shunday e’tiborning amaldagi ifodasi bo‘ldi.

Unda bolajonlar bir-biridan qiziqarli shartlar asosida o‘zlarining epchilligi, kuchliligi va zukkoligini sinovdan o‘tkazishdi. Jamoada ahil bo‘lib ishlash, o‘zaro hurmatni saqlash borasidagi ko‘nikmalarini oshirishdi. Murosasiz kechgan bahslar yakunida do‘stlik g‘alaba qozondi.