Fri. Apr 19th, 2024
musobaqa_sport_qoqon_kokand_5tashabbus

1- Bolalar va o‘smirlar sport majmuasida Qo‘qon shahar hokimligi Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, Qo‘qon shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi hamda Milliy gvardiya hamkorligida “Temurbek izdoshlari” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatlarini namoyon etish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada 18- bolalar bog‘chasida Mudofaa bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Jaloliddin Manguberdi izdoshlari” harbiy-vatanparvarlik guruhi va Milliy gvardiya bo‘linmasi bilan hamkorlikda 29-bolalar bog‘chasida tashkil etilgan “Temurbek izdoshlari” harbiy vatanparvarlik guruhi jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Yuqori saviyada o‘tkazilgan tadbirda durang natija qayd etilib, barcha ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun Milliy gvardiya va maktabgacha ta’lim muassasalari vakillari Qo‘qon shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.