“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan 15-maktab o‘quvchisi Shahriniso Mahmudova kitobga mehr uyg‘otgan muallimlari va ota-onasiga minnatdorchilik izhor etdi.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov shahrimizdagi ta’lim muassasalarida kitobsevar yoshlar o‘rtasida 15-maktabdan g‘olib deb topilgan o‘quvchini muborakbod etib, qimmatboho sovrin bilan mukofotladi.
Shahar hokimi iqtidor egasini tarbiyalagan muallim va uning ota-onasini ham e’tirof etib, o‘z Tashakkurnomalarini tantanali ravishda topshirdi.