Mamlakatimizdagi keskin ob-havo sharoitlari ijtimoiy ob’ektlardagi isitish tizimlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Qo‘qon shahar hokimi, mutasaddilar ishtirokida, barcha ta’lim muassasalarini nazoratdan o‘tkazmoqda. Maktab va bog‘chalar Qozog‘istondan keltirilgan sifatli ko‘mir bilan ta’minlanmoqda. Suv muzlashi oqibatida nosoz holatga kelgan isitish tizimlari ta’mirlanmoqda.
Marufjon Usmonov har bir muassasadagi sharoitlarni o‘rganib, aniqlangan muammolarni hal etish, isitish tizimlarini talab darajasiga keltirish choralarini ko‘rmoqda.