Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Tue. Oct 15th, 2024

Shahrimizni ijtimoiy-iqtisodiy sohada barqaror rivojlanishini ta’minlash, tadbirkorlarni qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar va ulardan kelib chiqadigan qulayliklar xususida xabardor etish hamda tadbirkorlarning muammolari va takliflarini o‘rganish maqsadida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Oybek Mamajonov shahrimizning yetakchi korxonalari rahbarlari bilan samimiy suhbat olib bordi.

Tadbirkorlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan, muammo va kamchiliklar keltirib chtqarayotgan masalalar o‘rganildi. Muhimi biznes vakillari ularni xal etish bo‘yicha o‘z takliflariga ham ega ekanliklari ayon bo‘ldi.

O‘z o‘rnida Oybek Mamajonov shahrimizda istiqbolli bo‘lishi mumkin bo‘lgan sohalar, eksportni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Click to listen highlighted text!