Fri. Mar 29th, 2024

Biz bilamizki, sud’yalik kasbi katta mas’uliyat, fidoyilik va halollikni talab qiladi. Qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida inson, uning oilasi taqdiri turadi.

 

Sud ishlarida adolatli qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan, mustaqil, turli xil ta’sirlarga qarshi tura oladigan yuksak malakali, hayot tajribasiga ega sud’yalarni shakllantirish bugungi kunning talabidir.

 

“O‘zbekiston Respublikasining Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning
61-moddasiga asosan “O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining, hududiy harbiy sudning sud’yasi bo‘lishi mumkin” deb belgilangan. Yuqoridagi talablarga mos keladigan nomzodlar sud’yalik lavozimi zaxirasiga kirish uchun Farg‘ona viloyat sudlari sud’yalari malaka hay’atiga murojaat qilishlari mumkin.

 

Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, S.Temur ko‘chasi.

Tel: 73-226-52-98