Fri. Apr 26th, 2024

Farg‘ona viloyatining tuman, shaharlarida jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko‘paygan mahallalarda profilaktika ishlarini jonlantirishga qaratilgan 2021 yil 2-yarmi uchun tuzilgan sayyor qabullar rejasiga asosan hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni huquqiy jihatdan qo‘llab- quvvatlash, ularga huquqiy maslahatlar berish maqsadida 2021 yil 16 oktyabr’ kuni Qo‘qon shahar, “G‘ishtko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Farg‘ona viloyat sudinning jinoyat ishlari bo‘yicha sud’yasi T.Vaxabov, Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi J.Ergashev, Fukarolik ishlari buyicha Qo‘qon tumanlararo sudi raisi U.Ismailov, sud’yalar B.Norov, U.Saparov, JIB Qo‘qon shaxar sudi sud’yasi A.Omonovlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda yig‘ilgan MFY fuqarolari va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ularda mavjud muammolar, o‘zlarini qiziqtirgan sud-huquq masalalaridagi savollar, shuningdek boshqa huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 

Shundan so‘ng MFY binosida JIB Qo‘qon shaxar sudi tomonidan sayyor sud majlislari o‘tkazilib, unda 4 nafar jazoga tortilgan shaxslarga jazodan muddatidan avval ozod etildi.