Xususan, tamaki va alkogolli mahsulotlar uchun yangi stavkalar belgilandi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 foizdan 1,5 foizga tushirildi.
Talabalarga ijaraga berilgan uy-joylardan olingan daromadlar endilikda soliqqa tortilmaydi. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta solig‘i joriy etildi.
Prezidentimiz tomonidan imzolanib, kuchga kirgan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Qo‘qon davlat soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan seminarda muhokama etildi.
Seminarda yangi qonunga asosan soliq stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari xususida batafsil ma’lumot berildi.