Farg‘ona viloyatida oilalarda milliy qadriyatlarni shakllantirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, tajriba almashish maqsadida Sirdaryo viloyatidan tashrif buyurgan delegasiya Qo‘qon shahriga ham keldi.
Mehmonlar shahrimiz madaniyati va tarixi, urf-odatlarimiz, qadimdan rivojlanib kelgan hunarmandchiligimiz, mahallalarda ishsiz ayollar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqdalar.