Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov shu yilning 25-27 fevral’ kuni 5 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat kubogi sovrindorlarini taqdirladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil, 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2021 yil, 14 yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayoyrlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan 5 ta yosh kategoriyasi bo‘yicha: o‘g‘il bolalar, o‘smirlar va erkaklar hamda 11-17 yoshli qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarida 300 nafardan ziyod Qo‘qonlik shaxmat ishqibozlari ishtirok etdilar.

 

Shahar hokimi sovrindorlarni qutlab, Diplomlar va esdalik sovg‘alarini topshirdi.